Produktoviy va minimarket
Skaner bilan tezkor savdo, tarozi shtrix-kodi, kunlik smena hisobi va yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob. Batafsil
Cloudo POS — kichik va o'rta do'konlar uchun savdo dasturi: shtrix-kod bilan tezkor kassa, har bir filialda real vaqtdagi qoldiq, nasiya daftari va 16 ta tayyor hisobot. Do'koningiz qanday ishlayotganini istalgan joydan ko'rasiz.
Variant, qoldiq va nasiya — bu uchtasi kerak bo'lgan joyda Cloudo POS o'z o'rnini topadi.
Skaner bilan tezkor savdo, tarozi shtrix-kodi, kunlik smena hisobi va yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob. Batafsil
O'lcham va rang bo'yicha qoldiq, mavsumiy ABC tahlil va qaytarishlar hisobi.
Har bir o'lcham alohida pozitsiya. Qaysi razmer tugayotganini oldindan ko'rasiz.
Minglab artikul, dollarda xarid — so'mda sotuv, mijozga nasiya.
Ko'p nomdagi kichik tovar, filiallar orasida ko'chirish, foyda marjasi nazorati.
Qimmat tovar uchun muddatli to'lov shartnomasi va oylik to'lov grafigi.
Alohida kassa dasturi, alohida Excel jadval va alohida hisobot o'rniga — bitta qulay tizim.
Shtrix-kodni skanerlang yoki nomini yozing — chek bir necha soniyada. Naqd, plastik, Click yoki aralash to'lov.
Kiyim, poyabzal kabi tovarlarni o'lcham va rang bo'yicha kuzating — har variantning o'z narxi va qoldig'i.
Har bir filialdagi qoldiq real vaqtda. Kirim, chiqim, qayta sanash va ko'chirish avtomatik hisoblanadi.
Bitta yoki o'nlab do'kon — barchasi bitta hisobda. Kassir faqat o'z do'konini, siz esa hammasini ko'rasiz.
Kunlik savdo, foyda va marja, ABC tahlil, pik soatlar, kassir samaradorligi — bir necha soniyada.
Kim sizga qancha qarzdor, siz kimga qancha — ikkalasi alohida. Muddatli to'lov shartnomasi va grafigi.
Tovarni dollarda qabul qiling, so'mda soting. Kurs bitta joyda, barcha hisob-kitob avtomatik moslashadi.
Smena yopilganda tizim kassada qancha bo'lishi kerakligini aytadi. Kam yoki ortiq chiqsa — darhol ko'rinadi.
Kirim, ko'chirish, hisobdan chiqarish, inventarizatsiya, qayta narxlash, qaytarish — 7 xil hujjat.
Mahsulot bazangiz Excel'da bo'lsa, bir marta yuklang — nomi, narxi, shtrix-kodi va qoldig'i bilan.
Kassir, omborchi, menejer, hisobchi — kim nimani ko'rishi va o'zgartirishini siz belgilaysiz.
Kim qachon hujjatni tasdiqladi, o'zgartirdi yoki bekor qildi — har bir amal saqlanadi.
Kassir tovarni skanerlaydi yoki vitrinadan tanlaydi, qolganini tizim o'zi qiladi.

Har bir filial va har bir variant bo'yicha qoldiq — sanash shart emas.

Tovarlar tushumga qo'shgan hissasi bo'yicha A, B va C guruhlariga bo'linadi.

Har bir tovar qancha foyda keltirgani tannarx bilan solishtirib hisoblanadi.

Soatlar va hafta kunlari kesimida tushum va cheklar soni.

Qoldiq o'z-o'zidan o'zgarmaydi — uning ortida doim hujjat turadi. Shuning uchun har qanday farqning sababini topish mumkin.
Yetkazib beruvchidan tovar qabul qilinadi, qarz unga yoziladi.
Har filial va variant bo'yicha qoldiq real vaqtda.
Bir do'kondan ikkinchisiga — ikkalasining qoldig'i o'zgaradi.
Chek yopilishi bilan qoldiq kamayadi, tushum kassaga yoziladi.
Qayta sanaladi, farq hujjat bilan tenglashtiriladi.
| Boshlang'ich qoldiq | 1 200 000 |
| Naqd tushum | 4 380 000 |
| Xarajat / inkassatsiya | −180 000 |
| Hisob bo'yicha bo'lishi kerak | 5 400 000 |
| Kassir sanagan | 5 340 000 |
Tizimga o'tayotganda mavjud tovarni kiritasiz — qo'lda yoki Excel orqali.
Buzilgan, muddati o'tgan yoki yo'qolgan tovar sababi bilan yoziladi.
Narxlarni ommaviy o'zgartiring — eski va yangi narx hujjatda saqlanadi.
Mijozdan yoki yetkazib beruvchiga qaytarish — qoldiq va qarz o'zi tuzatiladi.
Haqiqiy sanalgan bilan tizimdagi qoldiq solishtiriladi: ortiqcha va kamomad alohida.
Har bir tovar bo'yicha: qachon, qaysi hujjat bilan, qancha kirdi va chiqdi.
Ro'yxatdan o'tishda yoki Sozlamalarda «Produktovoy do'kon» turini tanlang — kassa oynasi minimarket va oziq-ovqat do'koni uchun moslashadi.
Shtrix-kod maydoni doim faol — kassir tovarni o'qitadi, tizim qolganini qiladi.

F1 — vitrina, F4 — sotuv tarixi, F5 — kassani yopish, F6 — qaytarish, F8 — kassadan pul olish.
Mijoz biror narsa olib kelguncha chekni F2 bilan kutishga qo'ying va keyingi mijozga xizmat qiling.
Non, sut kabi shtrix-kodsiz tovarlarni Ctrl+1…9 tugmalariga biriktiring.
Tarozida chop etilgan etiketkadan og'irlik yoki narx avtomatik o'qiladi.
Tovarni qaytarib olish va nasiya qarzni uzish ham kassadan chiqmasdan.
Tovar qo'shilganda va topilmaganda turli ovoz — kassir ekranga qaramay ishlaydi.

Tizim brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet va telefonda hech narsa o'rnatmasdan. Kassirlar uchun esa Android ilova ham bor.
Tayyor rollar bor, lekin har birini o'zingizga moslab o'zgartirasiz yoki yangisini yaratasiz.
Faqat sotadi va smenasini yopadi. Hisobot, tannarx va boshqa filialni ko'rmaydi.
Ombor hujjatlari va qoldiq bilan ishlaydi. Kassaga va moliyaga kirmaydi.
Savdo, ombor va hisobotlarni ko'radi. Xodimlar va rollarga tegmaydi.
Kassa hujjatlari, nasiya va moliyaviy hisobotlar bilan ishlaydi.
Hamma narsaga to'liq huquq. Rollarni o'zi yaratadi va o'zgartiradi.
| Savol | Daftar / Excel | Cloudo POS |
|---|---|---|
| Hozir qancha tovar bor? | Sanash kerak | Real vaqtda ko'rinadi |
| Qaysi tovar foyda keltirdi? | Bilib bo'lmaydi | Rentabellik hisoboti |
| Kassada pul to'g'rimi? | Ishonch bilan | Smena farqi yoziladi |
| Yozuvni kim o'zgartirdi? | Bilinmaydi | Har amal saqlanadi |
| Uch filialni solishtirish | Uch xil fayl | Bitta ekranda |
| Uydan ko'rish | Yo'q | Telefon orqali |
Do'kon nomi, login va parol — bir daqiqa. Kutish yo'q: darhol tizimga kirasiz va 7 kunlik bepul muddat boshlanadi.
Tovarlarni Excel'dan yuklang yoki qo'lda kiriting, filial va xodimlarni qo'shing. Kerak bo'lsa yordam beramiz.
Kassada soting, qoldiqni kuzating va hisobotlarni real vaqtda ko'ring — istalgan qurilmadan.
Yashirin to'lovlarsiz. Xodimlar va savdo hajmi uchun qo'shimcha to'lov yo'q, qo'shimcha filiallarga — 30% chegirma.
Tizimni o'z do'koningizda sinab ko'ring
Keyin Standart tarifga o'tasiz
Doimiy ishlayotgan do'konlar uchun
1 ta do'kon uchun. Narx — bazaviy hisoblash miqdorining (BHM, 440 000 so'm) yarmi
Uzoq muddatga arzonroq: 6 oy — 10%, 12 oy — 15% chegirma
Kassir uchun atigi uchta ish bor: tovarni o'qitish, to'lov turini tanlash va chekni chiqarish. Odatda yarim kunda o'rganiladi. Ishga tushirish paytida biz o'zimiz o'rgatamiz.
Standart tarif — bitta do'kon uchun oyiga 220 000 so'm (bazaviy hisoblash miqdorining yarmi), barcha imkoniyatlar shu narxga kiradi. Har bir qo'shimcha filial — 154 000 so'm (30% chegirma). 6 oyga to'lasangiz 10%, 12 oyga — 15% chegirma. Avval 7 kun bepul sinab ko'rasiz, karta talab qilinmaydi.
Ha. Ro'yxatdan o'tishda yoki Sozlamalarda «Produktovoy do'kon» turini tanlaysiz — kassa skanerga moslashadi: shtrix-kod maydoni doim faol, tez tugmalar, chekni kutishga qo'yish va tarozi shtrix-kodi.
Tizim bulutda ishlaydi, shuning uchun internet kerak. Do'koningizda internet beqaror bo'lsa, dasturni do'kondagi kompyuterga o'rnatish mumkin — u holda mahalliy tarmoqda internetsiz ishlaydi. Bu haqda menejerimiz bilan gaplashing.
Baza har kuni avtomatik zaxiraga olinadi va nusxalari serverdan tashqarida ham saqlanadi. Har bir do'kon ma'lumoti alohida — boshqa do'kon uni ko'ra olmaydi.
Ha. Excel faylini yuklasangiz, mahsulot nomi, narxi, shtrix-kodi va qoldig'i bilan birga tizimga tushadi.
Cheklov yo'q. Standart narx bitta do'kon uchun, har bir qo'shimcha filial 30% chegirma bilan — oyiga 154 000 so'm. Masalan, 3 ta filial: 220 000 + 2 × 154 000 = 528 000 so'm / oy.
Yo'q. Karta so'ralmaydi. Sinov tugagach davom ettirishni o'zingiz hal qilasiz, kiritilgan ma'lumotlar saqlanib qoladi.
Shart emas — chekni chiqarmasdan ham sotish mumkin. Kerak bo'lsa, oddiy termal printer yetarli, mobil ilova Bluetooth printer bilan bevosita ishlaydi.
Savolingiz bormi yoki tizimni jonli ko'rsatib berishimizni xohlaysizmi? Arizani qoldiring — tez orada qo'ng'iroq qilamiz.